Har bir telefon hisobda.Butun do'kon bitta tizimda.

IMEI bo'yicha hisob, nasiya, kassa, filiallar va masofadan qulflash. Har bir telefon alohida, har bir so'm joyida.

Umumiy kassa emas. Telefon savdosi uchun qurilgan.

01

Har bir telefon IMEI bo'yicha alohida: kirimi, sotuvi, qaytishi, almashuvi, kafolati. "3 dona" emas, uchta aniq telefon.

02

Nasiya xavfsiz: to'lov kechiksa telefon o'zi qulflanadi, to'lov bo'lgach ochiladi. Mijoz bilan gaplashish shart emas.

03

Har bir filialning kassasi, foydasi va xaridi alohida. Noto'g'ri filialga tushgan pul bir tugma bilan to'g'rilanadi.

To'lov kechiksa, telefon o'zi qulflanadi

Nasiyaga sotilgan telefon muddat o'tgach qulflanadi va to'lov tushishi bilan ochiladi. iPhone Apple MDM orqali, Samsung Knox Guard orqali (proshivka ham olib tashlay olmaydi), boshqa Androidlar o'z ilovamiz orqali.

  • Muddat o'tdi, avtomatik qulf
  • To'lov tushdi, bir zumda ochiladi
  • Qulflangan telefon joyini ko'rsatadi
  • Android tayyor. iPhone va Samsung yo'lda
1 IMEI= bitta to'liq tarix

Kirim, sotuv, qaytish, almashuv, kafolat, ta'mir, qaytarib sotib olish: hammasi bitta telefonning sahifasida. Sotuvchi tarixni ko'radi, admin esa narx va foydani ham.

O'z nasiyangiz ham, hamkorlar ham

Do'kon nasiyasi bo'yicha rejalar va muddati o'tganlar. Alif va Uzum bilan hisob-kitoblar, Markaziy bank kursiga tekshirish, xato kiritilgan hisob-kitobni bekor qilish.

Telefon do'koni uchun kerak bo'lgan hamma narsa

Kassa va filiallar

Har bir filialning kassasi alohida: kirim, chiqim, foyda, xarajatlar. Oy yopilganda hisobot tayyor.

KassaBugun
1-filial+12 400 000
2-filial+8 150 000

Trade-in va qaytarib sotib olish

Eski telefonni qabul qilish, qaytarib sotib olish, almashuv. Kassadan to'langan pul avtomatik yoziladi. Minimal narx himoyasi.

Ikki ilova

Egasi uchun konsol, sotuvchi uchun telefon ilovasi. Skaner bilan sotish, IMEI qidirish, nasiya rejasini ochish.

Hisobotlar va foyda

Har bir telefonning tannarxi va foydasi, davr bo'yicha yopilgan foyda, Excel'ga eksport.

Har bir do'kon uchun oylik to'lov

Bitta do'kon, bitta obuna. Nasiya qulfi telefon boshiga alohida hisoblanadi.

Boshlang'ich
Bitta filialli kichik do'kon uchun
299 000so'm / oy
  • 1 filial, 3 sotuvchi
  • IMEI tarixi, kassa, savdo
  • Ikki ilova
Tanlash
Ommabop
Savdo
Nasiya va bir nechta filial bilan ishlovchi do'kon
599 000so'm / oy
  • 3 filialgacha, cheksiz sotuvchi
  • Nasiya, Alif, Uzum
  • Trade-in, hisob-kitoblar, foyda
Tanlash
Qulf
Nasiya qulfi bilan to'liq himoya
999 000so'm / oy
  • Savdo tarifidagi hammasi
  • Nasiya qulfi: Android, iPhone, Samsung
  • Telefon qulfi: ~8 000 so'm / telefon
Tanlash

Narxlar taxminiy, keyin aniqlanadi · 14 kun bepul sinov · yillik to'lovda chegirma

Umumiy POS'larda yo'q narsalar

ImkoniyatMobaseUmumiy POS
Har bir telefon IMEI bo'yicha✓faqat "dona"
O'z nasiyangiz + hamkorlar✓—
Masofadan qulflash✓—
Trade-in, qaytarib sotib olish✓—
Filiallararo pul nazorati✓qisman
O'z bazangiz, oylik to'lov✓qisman

Do'koningizni Mobase'ga ko'chiramiz

Demo ko'rsatamiz, ma'lumotlaringizni o'tkazamiz, sotuvchilarni o'rgatamiz. Qo'ng'iroq qiling yoki Telegram'da yozing.